locale OZ

Salom, mundial! O'zbekiston Jahon chempionatida!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Salom, mundial! O'zbekiston Jahon chempionatida!
Photo: UFA
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Bugun tarixiy kun azizlar va tarixiy xabarni chiqarayotganimdan faxrlanaman! Siz ham tarixiy xabarni faxr bilan o'qimoqdasiz, bunga shubha yo'q.

Bir necha daqiqalar avval Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida Jahon chempionatining so'nggi saralash bosqichi doirasida BAA-O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro bellashdi. Murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan ushbu bahsda O'zbekiston milliy terma jamoamiz durang o'ynab, maqsad qilgan natijaga erishdi.

O'yindan avvalgi arablarning har xil hurmacha qiliqlari, qiyinchiliklar yaratishi va maydondagi yiqilishga urinishlari ham bugun hech narsa qila olmadi. Aynan 0:0 hisobidagi natija esa raqibga yanada og'irroq ta'sir qildi. O'tkir Yusupov muqarrar gollardan qutqarib qolib haqiqiy qahramonlik ko'rsatdi. Sports24.uz sayti hodimlari barchani ushbu g'alabalar bilan tabriklaydi! Tarix yozildi!

JCh-2026 saralash, 3-bosqich. 9-tur

BAA 0:0 O'zbekiston

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting