locale OZ

Safonov qishda «PSJ»ni tark etishga tayyor

Matvey parijliklar safida 2024 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Safonov qishda «PSJ»ni tark etishga tayyor
ФОТО: Getty images

Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qishki transfer oynasida Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubini tark etishga tayyor. Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan.

Safonov parijliklar safida 2024 yildan beri o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda rossiyalik darvozabon 17 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol o‘tkazib yuborgan.

«PSJ» bilan rossiyalik futbolchi Fransiya chempioni va UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.

Matvey bu mavsumda hali klub darajasida o‘ynamadi. Darvozabon avvalroq “Krasnodar”da o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting