locale OZ

Rossiyada Fayzullaev haqida yolg'on xabar tarqatildi

Muxlislar va mutaxassislar feyk ma'lumot orqali o'zbek futbolchisini obro'sizlantirishga urinish bo'lganini aytmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rossiyada Fayzullaev haqida yolg'on xabar tarqatildi
Rasm: Gazeta.uz

Avvalroq o'zbek futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Basaksehir" klubiga transferi haqida xabar berilgan edi. U jamoa bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Mazkur kelishuvdan Moskva CSKA klubi 7,5 million yevro daromad olishi mumkin. Bonuslarni inobatga olgan holda, transfer qiymati 10 million yevrogacha yetishi mumkin.

Biroq 23 iyul kuni Rossiya ommaviy axborot vositalarida Fayzullaevning yangi klubidagi tibbiy ko'rikdan uta olmagani va transfer bekor qilinishi mumkinligi haqida feyk xabarlar tarqaldi. Ko'p o'tmay bu ma'lumot rad etildi.

Qator futbol mutaxassislarining fikricha, rossiyalik jurnalistlar ataylab futbolchining nomiga dog' tushirishga uringan. Ular buni “qilgan ishlari pastkashlik” deb baholamoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting