locale OZ

Abbosbek Fayzullayev tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi
Photo: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev CSKAni tark etishga yaqin turibdi.

Championat.com xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga o‘tish arafasida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Manbaga ko‘ra, ertaga transfer rasman e’lon qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev “armiyachilar”ning RPL 1-turi doirasida “Orenburg”ga (0:0) qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagandi.

Qayd etilishicha, “Istanbul Bashakshehir” Fayzullayev transferi uchun 7,5 million yevro sarflaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting