Fayzullaevning transferi xavf ostidami?
Futbol agentlaridan biri Aleksey Safonovning ma'lum qilishicha, CSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Basaksehir" jamoasiga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin. Sabab — tibbiy ko‘rikdan o‘tolmagani.
“Abbos uchun "Istanbul"ga o‘tish mantiqiy qaror bo‘lar edi. Ammo menga yaqin manbalar Fayzullaev tibbiy ko‘rikdan o‘tolmaganini aytdi. Agar bu tasdiqlansa, u jamoani tark etmaydi.
Menga u futbolchi sifatida yoqadi — aqlli, texnik jihatdan yetuk. Menimcha, u ispan futboliga mos tushadi. CSKA uchun esa bu yaxshi transfer bo‘lardi. Chunki u ayrim o‘yinlarda jamoani qutqargan. Shuningdek, u jahon chempionatida ham qatnashadi”, — dedi Safonov.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaevning CSKA bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.