Ronalduning biologik yoshi 28 deb baholandi
Portugaliya milliy jamoasi va «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning biologik yoshi 28 deb baholandi, holbuki futbolchining pasport bo‘yicha yoshi 40. Bu haqda Whoop kompaniyasining X'dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Tadqiqotga Ronaldo ham munosabat bildirdi.
«Ma’lumotlar yolg‘on gapirmaydi», — deb yozdi portugaliyalik yulduz o‘zining X'dagi sahifasida.
Joriy mavsumda Ronaldo klub va milliy jamoa safida barcha musobaqalar doirasida 17 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va ikki bor golli uzatma berdi.
Portugaliyalik forvard 2023 yildan beri «An Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Unga eng katta shuhratni «Manchester Yunayted» va Madridning «Real» klublaridagi faoliyati olib kelgan. Ronaldo — «Oltin to‘p» mukofotining besh karra g‘olibi hisoblanadi.