locale OZ

Ronalduga Marokash klubidan qiziqish bor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronalduga Marokash klubidan qiziqish bor
Photo: gettyimages

Qirq yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida “An-Nasr” klubidan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko'payib bormoqda.

Superyulduzga Marokashning “Vidad” jamoasi qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati mazkur transferni iyozda AQShda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qadar yakunlashni rejalashtirgan.

Marokash jamoasi 2021/22 yilgi mavsum Afrika Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan va shu sabab yangi formatdagi Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan. Ular “Manchester Siti”, “Yuventus” va “Al-Ayn” bilan birgalikda "G" guruhidan joy olgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting