Ronaldu klublar safidagi 800-golini urdi
Faoliyatidagi umumiy gollar 936 taga yetdi
Photo: Getty Images
Saudiya Pro-ligasi 34-turida “An-Nasr” klubi “Al-Fateh”ga qarshi o‘ynamoqda. Krishtianu Ronaldu uchrashuvda o‘zining navbatdagi golini urdi.
Natiajada portugaliyalik hujumchi klublar safida o‘zining yubiley 800-golini urdi.
Unga ko‘ra, “MYu” (145), “Real” (450), “Yuventus” (101), “Sporting” (5) va “An-Nasr” (99)ta gol urgani qayd etilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist