locale OZ

Ronaldu 'An-Nasr' bilan shartnoma imzolaydi (Romano)

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu 'An-Nasr' bilan shartnoma imzolaydi (Romano)
Photo: Getty Images

Portugalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasida davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, 40 yoshli Ronaldu “An-Nasr” bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda. Hozirda rasmiy hujjatlar tekshirilmoqda, kelishuvning so‘nggi tafsilotlari muhokama qilinmoqda.

Yangi shartnoma bir yoki ikki yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuningdek, agar Ronaldu istasa, 2027 yil iyunigacha jamoa safida o‘ynashi mumkinligi ta’kidlangan.

O‘tgan mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda jami 35 ta gol va 4 ta assistga erishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting