Ronaldu «An-Nasr» rahbariyatidan Diasning transferini so'radi
Photo: Getty Images
“An-Nasr” klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning istagiga ko'ra “Liverpul” futbolchisi Luis Diasni transfer qilishga harakat qilmoqda. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Ronaldu kolumbiyalik futbolchini Riyod klubining hujum chizig'ida ko'rishni istamoqda. Portugaliyalik hujumchining fikricha, Diasning kelishi jamoa o'yiniga ijobiy ta'sir qiladi.
“An-Nasr” bu transfer uchun “Liverpul” belgilagan 100 million yevro miqdoridagi mablag'ni to'lashga tayyor.
Avvalroq, Germaniyaning “Bavariya” klubi Luis Dias uchun 67,4 million yevrolik rasmiy taklif yuborgan edi. Biroq “Liverpul” bu taklifni rad etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist