locale OZ

Ronaldu «An-Nasr» aksiyalarining 25 foiziga egalik qiladi — Fisa

U 2023 yilning yanvaridan beri Riyod klubida to‘p tepib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu “An-Nasr” aksiyalarining 25 foiziga egalik qiladi — Fisa
ФОТО: Getty images

Saudiya Pro-ligasi maslahatchisi Bernd Fisaning ma'lum qilishicha, “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli reja doirasida klub aksiyalarining 25 foiziga egalik qiladi.

«Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli istiqbolda “An-Nasr” aksiyalarining 25 foizini o‘zi uchun kafolatladi», — deya Fisaning so‘zlarini keltiradi Cabine Desportiva X ijtimoiy tarmog‘ida.

41 yoshli portugaliyalik hujumchi 2023 yilning yanvar oyida erkin agent maqomida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o‘tgan edi.

Bu vaqt ichida hujumchi jamoa bilan ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi — 2023 yilda Arab Chempionlar klublari kubogi va 2025/2026 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni chempionati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting