locale OZ

Ronaldinyo: “Messi va men allaqachon tarix yaratdik, endi navbat Yamalga”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldinyo: “Messi va men allaqachon tarix yaratdik, endi navbat Yamalga”
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi Ronaldinyo jamoaning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal haqida gapirdi.

“Messi va men allaqachon tarix yaratdik, endi buni qilish navbati Lamin Yamalga keldi. Uning yoshligida ko'rsatayotgan o'yiniga qoyil qolmay iloj yo'q. U nihoyatda iqtidorli yigit.

Menga shunday o'yinchilarni tomosha qilish zavq bag'ishlaydi. Ular futbolni yuqori darajaga olib chiqadi. Umid qilamanki, u Leo va men kabi karyera qura oladi”, - deydi Ronaldinyo.

Ma'lumot uchun, Yamal joriy mavsum barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting