Roman Papariga: “Bobur Abduholiqovga gol urish bo'yicha rekordni yangilashga yordam berganman”
Navoiyning “Qizilqum” klubi qishki transferlar vaqtida ukrainalik hujumchi Roman Paparigani o'z safiga qo'shib oldi.
Sports24.uz sayti Popariga bilan intervyu tashkillashtirdi. Forvard suhbat chog'ida futbolga qanday kirib kelgani, “Energetik-BGU” safida o'zbek futbolchilari bilan birga harakat qilgani va O'zbekistonning tarixiy shaharlari haqida aytib o'tdi.
“Energetik-BGU”dagi faoliyatim ajoyib o'tdi. O'zimga bo'lgan ishonch yana qayta paydo bo'ldi. Bobur Abduholiqov bilan birga hujumda to'p tepgan yilimiz u 26 ta gol bilan gol urish bo'yicha rekordni yangilagandi. O'sha paytda men unga ko'plab golli uzatmalar bergandim.
Bobur bilan hozir ham gaplashib turamiz. Husanov esa hozir top-klubda o'ynamoqda va biroz kamroq vaqt berilmoqda.
2024-yilda “Naftan” safida to'p tepdim va 9 ta gol urishga erishdim. Mavsum tugagach oldinda O'zbekistondan tashqari juda ko'p variantlar bor edi: Latviya, Albaniya, Qozog'iston va bosh mamlakatlardan”, - deydi ukrainalik hujumchi.
Ma'lumot uchun, Papariga joriy mavsum “Qizilqum” tarkibida jami 7 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 300 ming yevroga baholanmoqda.