locale OZ

Roberto Martines: Kiyinish xonasida juda yaxshi emotsional muvozanat hukm surmoqda

Portugaliya 4 ochko bilan «K» guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roberto Martines: Kiyinish xonasida juda yaxshi emotsional muvozanat hukm surmoqda
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
27.06.2026, Yak.
Kolumbiya
0
Portugaliya
0

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 doirasidagi Kolumbiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida kiyinish xonasidagi muhit haqidagi savolga javob berdi.

— G‘alaba guruhda birinchi o‘rinni ta’minlashini hisobga olsak, kiyinish xonasidagi muhitni qanday baholaysiz?

«Kiyinish xonasida juda yaxshi emotsional muvozanat hukm surmoqda.

Mas’uliyat va umidlar tuyg‘usi bor, ammo shu bilan birga, erishmoqchi bo‘lgan maqsadlarimizga nisbatan ishonch va diqqat-e’tibor ham yuqori. Bu emotsional muvozanat juda muhim.

Oltita Jahon chempionatida qatnashish tajribasiga ega sardorning (Krishtianu Ronaldu) borligi juda katta yordam bermoqda.

Ammo bizda «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Portu» va «Al-Hilol»dan ham sardorlar guruhi mavjud. Bizda juda yaxshi yetakchilar guruhi shakllangan», — dedi Roberto Martines.

Portugaliya 4 ochko bilan «K» guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kolumbiya 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting