locale OZ

JCh-2026. Portugaliya Kolumbiyani yenga olmadi

O‘yinda hisob ochilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026. Portugaliya Kolumbiyani yenga olmadi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
27.06.2026, Yak.
Kolumbiya
0
Portugaliya
0

Kolumbiya va Portugaliya milliy terma jamoalari 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Natijada har ikkala terma jamoa ham pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

AQShning Florida shtati, Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda har ikki jamoa ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsiz saqlanib qoldi.

Mazkur natijadan so‘ng Kolumbiya 7 ochko bilan “K” guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Portugaliya esa 5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rin orqali pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Kongo DR ham so‘nggi turda O‘zbekistonni mag‘lub etib, 4 ochko bilan eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatorida pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa uchala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi va guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting