locale OZ

Roberto Martinez Ronalduning Kolumbiyaga qarshi o‘yinini baholadi

Portugaliya 3-turda Kolumbiya bilan durang qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roberto Martinez Ronalduning Kolumbiyaga qarshi o‘yinini baholadi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
27.06.2026, Yak.
Kolumbiya
0
Portugaliya
0

Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining 3-turida Kolumbiyaga qarshi kechgan bahsda (0:0) Krishtianu Ronalduning o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Krishtianu — jarima maydoni ichida doimiy harakat qiladigan hujumchi. Biz uchun qolgan o‘n nafar futbolchining harakatlari uning o‘yini bilan uyg‘unlashishi va unga moslashishi juda muhim. Bu jamoamizning rivojlanish jarayonining bir qismi.

Krishtianu jismoniy jihatdan yaxshi holatda. Biz uning funksional holatini doimiy ravishda kuzatib boramiz va u o‘zini juda, juda yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Endi tiklanish uchun to‘rt kun vaqtimiz bor va barcha futbolchilarning holatini diqqat bilan nazorat qilamiz», — dedi Martinez A Bola nashriga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting