locale OZ

Reshford «Barselona»da qolishi mumkin

Bu haqda BBC jurnalisti Saymon Stoun X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rashford "Barselona"da qolishi mumkin
ФОТО: Getty images

Kataloniyaning "Barselona" klubida qanot hujumchisi Markus Reshford borasida qaror qabul qilish uchun ikki hafta vaqt bor.

15 iyungacha "ko'k-anorranglilar" vingerning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini sotib olish bandini faollashtirish yoki faollashtirmaslikni hal qilishlari kerak. Bu haqda BBC jurnalisti Saymon Stoun X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manbaning ta'kidlashicha, Entoni Gordonning "Barselona"ga o'tishi kutilayotgani klub rahbariyatining Markus borasidagi qaroriga ta'sir qilmaydi. 2025/2026 yilgi mavsumda Reshford "Barselona" safida barcha turnirlarda 48 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting