locale OZ

“Real” so'nggi 11 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” so'nggi 11 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
05.04.2025, Yak.
Real Madrid
1
Valensia
2

Ispaniya La Ligasining 30-turidan o'rin olgan bahsda “Real” o'z maydonida “Valensiya”ni qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida mezbonlar penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi, biroq Vinisius bundan foydalana olmadi.

Bu “Real”ning joriy mavsumdagi beshinchi noaniq penaltisi bo'ldi. “Qirollik klubi” futbolchilar barcha turnirlarda 16 ta penalti tepib, ularning 11 tasini golga aylantirishdi.

Statistikalarga qaraganda, “Real” bir mavsumda foydalanilmagan penaltilar bo'yicha 2013/2014-yildan beri eng yomon ko'rsatkichni qayd etdi. O'sha mavsumda Madrid klubi La Ligada uchinchi o'rinni egallagandi, shuningdek, Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida g'olib bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, ayni damda “qaymoqranglilar” Ispaniya chempionati turnir jadvalida “Barselona”dan 4 ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting