locale OZ

Jud Bellingem uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jud Bellingem uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
FОТО: DeFodi Images
Ispaniya La Ligasi
05.04.2025, Yak.
Real Madrid
1
Valensia
2

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Valensiya”ga qarshi o'yindan so'ng sodir etgan xatti-harakatlari uchun jazolanishi mumkin.

Uchrashuvdan so'ng Bellingem VAR monitori joylashgan konstruksiyani jahl bilan tepgan. La Liga qoidalariga ko'ra, futbolchi buning uchun jazolanishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu ogohlantirish, jarima va hatto bir o'yindan uch o'yingacha diskvalifikatsiyani o'z ichiga oladi.

Eslatib o'tamiz, “Real” La Liganing 30-turidan o'rin olgan bahsda o'z maydonida “Valensiya”ga sensatsion tarzda mag'lubiyatga uchradi -1:2.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting