Raul Asensio PSJ taklifiga rad javobini berdi
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi himoyachisi Raul Asensio PSJ taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda jurnalist Migel Anxel Dias xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi “Milan”, “Chelsi” va “Portu”dan tushgan takliflarga ham e'tibor qaratmagan. Uning uchun ustuvor maqsad Madrid klubi bilan kelishuvni uzaytirish bo'lib qolmoqda.
O'z navbatida “Qirollik klubi” ham Raulni istiqbolli futbolchilar qatorida qadrlamoqda va unga 2031-yilgacha mo'ljallangan shartnoma tayyorlamoqda.
Ma'lumot uchun, Raul Asensio joriy mavsum barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.