locale OZ

Raul Albiol A Seriya debyutanti bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Raul Albiol A Seriya debyutanti bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images

"Real"ning sobiq himoyachisi Raul Albiol faoliyatini yana Italiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tajribali futbolchi "Piza" bilan muzokara olib bormoqda. Tomonlar kelishuvga erishgan. Tez orada rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

U A Seriya debyutanti bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.

Albiolning "Vilyarreal" bilan shartnomasi o'tgan iyun oyida yakuniga yetdi va tajribali himoyachi endi A Seriyaga qaytishga rozi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Raul ilgari "Napoli" safida Italiya chempionatida to'p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting