locale OZ

Rasmiy: «Barselona» Gordon transferini e'lon qildi

Yangi kelishuv 2031 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy: «Barselona» Gordon transferini e'lon qildi
Фото: Barcelona

“Barselona” o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Entoni Gordonning Nyukasldan transferini rasman e’lon qildi.

Avvalroq xabar qilinganidek, “soqqalar” klubi direktorlar kengashi va saudiyalik egalari kataloniyaliklar tomonidan taklif qilingan 70 million yevro miqdoridagi qat’iy summani hamda qo‘shimcha bonuslarni qabul qilgan. Shu tariqa, transferning umumiy qiymati €80 milliondan oshib ketadi.

Joriy mavsumda Gordon barcha musobaqalarda “Nyukasl” safida 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy qiymati €60 millionni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting