locale OZ

Rasman! “Yuventus” Igor Tudor bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Yuventus” Igor Tudor bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiy Igor Tudor bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda “zebralar” matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu rasmiy: “Yuventus” Tudor bilan shartnomani uzaytirdi. Xorvatiyalik murabbiy 2027-yilning yoziga qadar jamoani boshqaradi, shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud”, - deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, “Yuventus” Italiya A Seriyasining o'tgan mavsumida 70 ochko jamg'arib, 4-o'rinni qo'lga kiritdi. Turin klubi kelasi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting