locale OZ

Rasman! Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan shartnomasini uzaytirdi
FОТО: An-Nassr FC

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida 2027-yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuv imzolangan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu o'tgan mavsum “An-Nassr” bilan hech qanday sovrin qo'lga kirita olmadi. Riyodliklar Saudiya Pro-ligasida 70 ochko jamg'arib, 3-o'rinni egalladi.

Ronaldu 2023-yilning yanvar oyidan buyon “An-Nassr” safida o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting