locale OZ

Rasman! Kevin De Bruyne “Napoli” futbolchisiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Kevin De Bruyne “Napoli” futbolchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bruyne rasman “Napoli” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirol Kevin shu yerda”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da belgiyalik futbolchi “Napoli” bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgandi. De Bruyne neapolliklar tarkibida yiliga 5 million yevro maosh oladi.

Ma'lumot uchun, De Bruyne o'tgan mavsum “Manchester Siti” safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting