Rasman! Joan Garsiya “Espanyol”ni tark etdi
FOTO: Getty Images
Ispaniyalik darvozabon Joan Garsiya “Espanyol”ni tar etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, golkiper uchun 25 million yevro miqdorida tovon puli to'langan. Avvalroq Garsiya “Barselona”ga o'tishga yaqin qolgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Ispaniyalik posbon kataloniyaliklar bilan 6 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Joan Garsiyaning “Barselona” futbolchisi sifatida taqdimoti 20-iyun kuni bo'lib o'tishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Garsiya o'tgan mavsum La Ligada 38 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist