locale OZ

Rasman! Joan Garsiya “Barselona” futbolchisiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Joan Garsiya “Barselona” futbolchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Ispaniyalik darvozabon Joan Garsiya rasman “Barselona” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar Garsiyaning 25 million yevrolik tovon pulini to'lagan. Tomonlar o'rtasida 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.

Qayd etilishicha, posbonning rasmiy taqdimot marosimi 20-iyun kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Garsiya o'tgan mavsum La Ligada 38 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting