Rasman! Ivan Yurich “Atalanta” bosh murabbiyiga aylandi
FOTO: Getty Images
Serbiyalik mutaxassis Ivan Yurich rasman “Atalanta” bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yurich 2016-yildan beri jamoani boshqarib kelgan Jan Pyero Gasperini o'rnini egalladi.
“Xush kelibsiz, janob Yurich”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Ivan Yurichning so'nggi ish joyi “Sautgempton” klubi edi. Ushbu jamoa APL'dan tushib ketdi va keyingi mavsum Chempionship'da ishtirok etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist
