locale OZ

Rasman! Erik Dayer mavsum oxirida “Bavariya”ni tark etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Erik Dayer mavsum oxirida “Bavariya”ni tark etadi
FOTO: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Erik Dayer joriy mavsum oxirida jamoani tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq angliyalik futbolchi faoliyatini “Monako”da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli Dayer joriy mavsum myunxenliklar safida jami 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Bundesliganing 31-turidan so'ng “Bavariya” 75 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting