Rasman. De Yong «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi
Futbolchining tovon puli esa 500 million yevroga ko‘tariladi.
Фото: Барселона
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klub bilan kelishuvni uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti xabar berishicha, niderlandiyalik futbolchi "anorranglilar" bilan 2029 yilning yozigacha bitim imzolagan.
Futbolchining tovon puli esa 500 million yevroga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Frenki de Yong 2019 yildan beri "Barselona"da harakat qilmoqda. O‘shanda Kataloniya klubi yarim himoyachi uchun "Ayaks"ga 85 million yevro to‘lagandi.
Shu vaqtgacha Frenki de Yong "Barselona" safida 267 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 19 ta gol va 24 ta assist bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist