Rasman! Dani Olmo va Pau Viktor mavsum oxirigacha “Barselona”da o'ynay oladi
FОТО: fcbarcelona.com
Sud La Liganing “Barselona” futbolchilar Dani Olmo va Pau Viktorni ro'yxatdan o'tkazishiga qarshi bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Bundan ko'rinadiki, ikkala futbolchi ham joriy mavsum oxirigacha kataloniyaliklar safida harakat qila olishadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Barselona” La Liga Olmo va Viktorni mavsum oxirigacha ro'yxatdan o'tkazishdan bosh tortgani uchun ariza bilan chiqqandi. Oliy sport kengashi (CSD) Katalon klubining iltimosini qanoatlantirdi.
Ma'lumot uchun, “Barselona” La Liga'ning 30-turidan so'ng turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Ko'k-anorranglilar” “Real”dan 4 ochko oldinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist