locale OZ

Rasman! “Barselona” yarim himoyachisi jarohat oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Barselona” yarim himoyachisi jarohat oldi
FОТО: Kordon Press

Kataloniyaning “Barselona” klubi 22 yoshli yarim himoyachi Pablo Torrening jarohat olganini e'lon qildi.

“Pablo Torre chap tizzasida noqulaylik sezmoqda. Qaytish vaqti reabilitatsiya jarayoniga bog'liq”, - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Torre 2022-yildan buyon “Barselona” tarkibida o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning ispan grandi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali esa Pabloni 7,5 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting