Rasman! “Barselona” himoyachisi faoliyatini “Komo”da davom ettiradi
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Aleks Valle faoliyatini “Komo”da davom ettiradi. Bu haqda “ko'k-anorranglilar” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “Komo” joriy yilning fevral oyidan buyon jamoada ijara asosida o'ynayotgan 21 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olish variantini faollashtirdi. Transfer narxi 6 million yevroni tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, Valle o'tgan mavsum “Komo” safida 15 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 4,5 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist