locale OZ

Rasman: «An Nasr»dan transfer ta'qiqi olib tashlandi

FIFA riyodliklar barcha majburiyatlarni bajarganini tasdiqlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «An Nasr»dan transfer ta'qiqi olib tashlandi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubiga yangi futbolchilarni sotib olish va ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, FIFA «An Nasr» klubining barcha majburiyatlarni to‘liq bajarganini tasdiqlagan. Qayd etilishicha, klubga nisbatan ochilgan ish yopilgan.

Avvalroq OAVda ushbu transfer taqiqi 2023 yilda markaziy himoyachi Emerik Lyaportning transferi bo‘yicha «Manchester Siti» oldidagi qarzdorlik sababli joriy etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, Saudiya klubi «shaharliklar»ga taxminan 9 mln yevro to‘lovni amalga oshirmagan, qarzni yopish muddati esa 31 avgust kuni yakunlangan. O‘tgan kuzda Lyaport «Am Nasr»dan «Atletik» klubiga ko‘chib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, «An Nasr» safida besh karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu to‘p surmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting