Ramush «PSJ» safidagi 100-o‘yinini o'tkazdi
Fransiya chempionatining 11-turidan oʻrin olgan «PSJ» — «Nitssa» uchrashuvi parijliklar hujumchisi Gonsalu Ramush uchun yubiley boʻldi.
Bu portugaliyalik futbolchi uchun klub safidagi 100-bahsi boʻldi va uchrashuvning 94-daqiqasida gʻalaba golini urdi.
«Bu men uchun juda ahamiyatli oʻyin va maxsus kun boʻldi. Oʻsha gol oʻyinning eng yaxshi yakuni boʻldi. Biz hammamiz gol urishga intildik va soʻnggi daqiqalarda yaxshi harakat qildik. Ammo gʻalaba uchun instinkt va jamoaviy oʻyin zarur edi. Bu juda muhim, chunki avvalgi oʻyinda gʻalaba qozona olmagandik. Yutish har doim muhim — bu oʻziga ishonch bagʻishlaydi», — dedi Ramush.
Maʼlumot uchun, «PSJ» Liga 1 turnir jadvalida 11-turdan soʻng 24 ochko jamgʻargan holda peshqadamlik qilmoqda. «Nitssa» esa 17 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.