locale OZ

Rahimjon Davronov — «Qo‘qon-1912» jamoasi futbolchisi

Klub rahbariyati va muxlislari Rahimjon Davronovning transferi jamoaning mudofaa chizig‘idagi ishonchlilikni yanada oshirishiga umid bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rahimjon Davronov — «Qo‘qon-1912» jamoasi futbolchisi
photo: Qo'qon-1912

«Qo‘qon-1912» futbol klubi tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

«Jamoamiz darvoza chizig‘ini mustahkamlash maqsadida tajribali posbon Rahimjon Davronov bilan shartnoma imzoladi.

Mahoratli darvozabon endilikda qo‘qonliklar sharafini himoya qiladi va jamoaning oldiga qo‘ygan yuqori maqsadlariga erishishida o‘z hissasini qo‘shishga harakat qiladi. Klub rahbariyati va muxlislari Rahimjon Davronovning transferi jamoaning mudofaa chizig‘idagi ishonchlilikni yanada oshirishiga umid bildirmoqda.

«Qo‘qon-1912» oilasiga xush kelibsan, Rahimjon! Navbatdagi uchrashuvlarda va yangi mavsumda senga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!»,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting