Rafinya yangi agent bilan shartnoma imzolaydi
«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias endi Ali Barat bilan hamkorlik qiladi. 29 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida agent bilan rasmiy shartnoma imzolaydi. Bu haqda Sport xabar berdi.
Qizig‘i, braziliyalik futbolchi uch yildan ortiq vaqt davomida agentsiz harakat qilgan. Avvalroq uning ishlari bilan Deko shug‘ullangan. Biroq Deko 2023 yil yozida «Barselona»ning sport direktori lavozimiga tayinlanganidan keyin Rafinya agentsiz qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Rafinya bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi. Hozirda kelishuvni rasmiylashtirish uchun so‘nggi masalalarni hal qilish qolgan.
Kutilishicha, yangi agent muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashda Rafinyaga yordam beradi.
Rafinya joriy mavsumda «Barselona» safida sakkizta uchrashuvda 14 ta gol urdi va uchta golga uzatma amalga oshirdi.