locale OZ

Rafinya “Oltin to'p”ga bo'lgan munosabati haqida gapirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya “Oltin to'p”ga bo'lgan munosabati haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Rafinya “Oltin to'p”ga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.

“Oltin to'p” haqida o'ylamayman. Ammo g'alaba qozonsam, bu klub va vatanim uchun qilgan mehnatimning natijasi bo'ladi. Biroq mening maqsadim jamoa bilan chempionlikni qo'lga kiritish. Individual sovrinlar keyingi o'rinda turadi.

Ko'pchilik menga “Oltin to'p” memlarini yuborishadi. Lekin bu men uchun muhim emas. Bu men o'z oldimga qo'ygan maqsad emas. Mening maqsadim - chempionlikni qo'lga kiritish va o'zim o'ynagan jamoaga borimni berish”, - deydi Rafinya.

Eslatib o'tamiz, Rafinya 2022-yildan buyon “Barselona” safida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting