locale OZ

Rafinya: «Menga baribir»

«Barselona» hujumchisi FIFA ramziy jamoasiga kiritilmaganiga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya: «Menga baribir»
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning qanot hujumchisi Rafinya 2025 yil yakunlari bo‘yicha FIFA ramziy terma jamoasiga kiritilmagani borasida munosabat bildirdi.

«Menga baribir», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi El Desmarque.

O‘tgan mavsumda Rafinya «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol va 26 ta golli uzatma muallifiga aylangan. U Chempionlar ligasida 13 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari, sakkizta assist bilan esa eng yaxshi assistenti bo‘ldi. Shuningdek, Rafinya kataloniyaliklar bilan birga Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Joriy mavsumda esa braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda ishtirok etib, yettita gol va uchta golli uzatma amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting