locale OZ

Rafinya: “Hansi Flik tufayli “Barselona”da qoldim”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya: “Hansi Flik tufayli “Barselona”da qoldim”
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Rafinya bosh murabbiy Hans-Diter Flik haqida fikr bildirdi.

“Man Hansi Flik tufayli “Barselona”da qoldim. U menga uning rejalarida muhim rol o'ynashimni aytdi. Hansi Flik - futbolchilarga qayg'uradigan odam.

O'ynamaganlar tabiiyki hafa bo'ladi, lekin u hech kimni hafa qilmoqchi emas. U ajoyib jamoa tuzmoqchi. Uning insoniylik tomoni, g'amxo'rligi, adolatliligi... U g'alaba qozonishni istaydi”, - deydi Rafinya.

Eslatib o'tamiz, Rafinya 2022-yildan buyon “Barselona” safida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting