locale OZ

Rafinya “Barselona” bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya “Barselona” bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi
Photo: Getty Images

“Barselona” klubi vinger Rafinya Dias bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha ayrim jihatlarni kelishib olishlari kerak xolos. Yangi kelishuv 2029 yilgacha amal qiladi.

Braziliyalik futbolchi jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Ushbu mavsumda vinger La Ligada 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting