locale OZ

Rafinya: “APL - futbol o'ynash va tomosha qilish uchun eng yaxshi liga”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya: “APL - futbol o'ynash va tomosha qilish uchun eng yaxshi liga”
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Rafinya Angliya Premyer-ligasi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“APL - bu futbol o'ynash va tomosha qilish uchun eng yaxshi liga. Premyer-ligada raqibdan qat'iy nazar, har ikki jamoa 90 daqiqa davomida bir-birlariga hujum qilishlarini kuzatasiz”, - deydi Rafinya.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik vinger 2020-yildan 2022-yilgacha “Lids” safida to'p surgan. Bu davr ichida u jami 67 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2022-yilda esa Rafinya “Barselona” safiga kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting