Rafinha: «Qiyin bo‘ldi, lekin vazifamizni yaxshi bajardik»
"Barselona" vingeri Rafinha La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Elche"ga qarshi uchrashuvdan (5:0) so‘ng jurnalistlarga o‘z fikrlarini bildirdi.
Bu bellashuvda braziliyalik vinger 14-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 67-daqiqada esa yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.
"O‘yin oson yoki qiyin kechishi o‘zimizga bog‘liq. Agar biz maksimal darajamizda o‘ynasak, katta ehtimol bilan g‘alaba bizniki bo‘ladi. Bugun juda qiyin bo‘ldi, ammo o‘z vazifamizni yaxshi bajardik", — dedi Rafinha.
"Ko‘k-anorranglilar" Ispaniya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 27 avgust, payshanba kuni o‘tkazadi. "Barselona" o‘z maydonida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahs olib boradi.