locale OZ

\"Qo'qon-1912\" jamoasi navbatdagi o'quv yig'in mashg'ulotlarlarini o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oldi

Javohir Husanov Milliy terma jamoa yig‘inida ishtirok etayotganligi sababli vodiy klubi ixtiyoriga keyinroq qo'shiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi o'quv yig'in mashg'ulotlarlarini o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oldi
photo: Qo'qon-1912

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan "Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi o'quv yig'in mashg'ulotlarlarini o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oldi.

24-yanvardan - 14-fevralga qadar davom etadigan yig'inda jamoamiz bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Mashgʻulot jarayonida futbolchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Jamoamizning asosiy tarkibidan tashqari o'tgan mavsum o'rinbosarlar safida yaxshi harakat qilgan bir qator futbolchilar ham Turkiyadagi yig'inda ishtirok etadi.

Shuningdek, Turkiyadagi yig'inda jamoamiz safida bir qator futbolchilar ham kelib, qo'shilishi kutilmoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasining Antaliya yigʻiniga yoʻl olgan toʻliq tarkib roʻyxati quyidagicha:

Sport direktori: Muxsinjon Nizomiddinov
Bosh murabbiy: Andrey Shipilov
Yordamchi murabbiy: Fevzi Davletov
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Anatoliy Kurlayev
Fitnes bo'yicha murabbiy: Rasuljon Saydaliyev
Darvozabonlar murabbiyi: Xurshid Xo'jayev
Ish yurituvchi: Ma'rufjon Mo'minov
Ma'mur: Ma'mur Mansurov
Shifokor: Bobur Abdazov
Uqalovchilar: Najmiddinov Begmurod, Soliyev Artur
Matbuot kotibi: Nig'monxo'ja Nozimov

Futbolchilar: Azizxon Isaqov, Rustam Nartadjiyev, Asliddin Toshtemirov, Zafar Hakimov, Jasurbek Yoqubov, Shahzod Akramov, Alisher Salimov, Iqboljon Malikjonov, Muhriddin Pazlidinov, Muhammadanas Hasanov, Ibrohimjon Muxtorov, Ayyubxon Muxtorov, Xayotjon Mamatov, Andro Giorgadze, Shota Gvazava, Toma Tabatadze, G'ulomHaydar G'ulyamov, Shohruh Gadoyev, Yegor Kondratiuk, Javohir Sidiqov, Abdurashid Valiyev, Xasanjon Ro'zmatov, Muhammadyusuf To'ychiyev, Saidislombek Paxlavonov, Jasurbek Mahmudjonov, Hamzaxon Xo'jayev.

PS. Javohir Husanov Milliy terma jamoa yig‘inida ishtirok etayotganligi sababli vodiy klubi ixtiyoriga keyinroq qo'shiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting