«Qayrat» – «Real» uchrashuvi bosh hakami ma’lum
O‘yin 30 sentyabr kuni Olmaotadagi "Ortalik" stadionida bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Qayrat" – "Real" bahsini Marko Guida boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Bu hakam 43 yoshda. Xalqaro tajribaga ega.
O‘yin 30 sentyabr kuni Olmaotadagi "Ortalik" stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Qayrat" ilk turda Lissabonning "Sporting" jamoasiga mehmonda 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Madridning "Real" jamoasi "Santyago Bernabeu"da "Marsel"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist