Pulisich — A Seriyada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi
Sentyabr oyida Italiya A Seriyasida 3 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va yana 2 ta golga assistentlik qildi.
ФОТО: Getty images
Kristian Pulisich A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Milan"ning amerikalik 27 yoshli vingeri sovrin uchun kurashda Federiko Baskirotto ("Kremonese"), Kevin de Bryuyne ("Napoli"), Federiko Dimarko ("Inter"), Nikola Krstovich ("Atalanta") va Rikkardo Orsolinini ("Bolonya") ortda qoldirdi.
Sentyabr oyida Italiya A Seriyasida 3 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va yana 2 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o'tamiz, Pulisich "Milan"ga 2023 yil yozida 20 million yevro evaziga "Chelsi"dan o'tgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist