PSJ'ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum bo'ldi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Seru Girasi faoliyatini Liga 1'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, PSJ Girasini yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike bu kelishuvni amalga oshirishdan manfaatdor.
Futbolchining tovon puli 70 million yevroni tashkil qiladi. Ammo bu band faqat “Real Madrid”, “Barselona”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Arsenal” klublari uchun amal qiladi.
Qayd etilishicha, hujumchining o'zi hozirgi jamoasida qolishga ham tayyor.
Ma'lumot uchun, Seru Girasi joriy mavsum 44 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.