locale OZ

PSJ'ning Bredli Barkolya bo'yicha pozitsiyasi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ'ning Bredli Barkolya bo'yicha pozitsiyasi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi “Liverpul” va “Bavariya” tomonidan qiziqish bo'layotganiga qaramay, 22 yoshli hujumchi Bredli Barkolyani sotmoqchi emas. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, parijliklar o'tgan qishki transferlar vaqtida Xvicha Kvaratsxeliya transferidan so'ng o'yin vaqti yo'qotilganini hisobga olgan holda fransiyalik futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.

Ta'kidlanishicha, Barkolyaning o'zi ham PSJ'dan ketishni istamaydi.

Ma'lumot uchun, Barkolya o'tgan mavsum barcha turnirlarda 58 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting