locale OZ

PSJ Usmon Dembelening jarohat olganini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Usmon Dembelening jarohat olganini e'lon qildi
FOTO: Getty Images

PSJ klubi matbuot xizmati jamoa yetakchilaridan biri bo'lgan Usmon Dembelening jarohat olgani haqida xabar berdi.

“O'ng oyog'ining metatarsal suyagi shikastlangan Presnel Kimpembe keyingi bir necha hafta davomida jismoniy harakat qila olmaydi.

Usmon Dembelening esa o'ng oyog'ining son paylari shikastlangan. Uning ahvoli asta-sekin yaxshilanib bormoqda. Qo'shimcha ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Dembele joriy mavsum barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting