PSJ “Roma” darvozaboni bilan shartnoma imzoladi
FOTO: Getty Images
Fransiyaning PSJ klubi Italiya yoshlar terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi darvozaboni Renato Marin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 18 yoshli posbon parijliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. U 1-iyuldan rasman PSJ futbolchisiga aylanadi. Chunki “Roma” Marinni amaldagi shartnomasi tugaguniga qadar qo'yib yuborishdan bosh tortdi.
Ma'lumot uchun, Marin joriy mavsum “Roma” safi birorta ham o'yin o'tkazmadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 500 ming yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist